1272025-06-27 16:56
Qo‘shtepada qo‘shaloq bayram








Bugun Qo‘shtepa tumanida viloyatimizda o‘tkazilayotgan "Onalarga ehtirom" festivalining tuman bosqichi hamda 30 iyun Yoshlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
To‘kin dasturxon atrofida tashkil etilgan tadbirni tuman hokimi o‘rinbosari A.Yusupov ochib, barcha ishtirokchilarni muborakbod etdi.
Tadbir davomida insoniy fazilatlari, samarali mehnat faoliyati, oilada farzandlar tarbiyasidagi ibrati bilan el nazariga tushgan onaxonlarga festival nominatsiyalari bo‘yicha tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, tumanning yuksalishiga hissa qo‘shayotgan bir guruh yoshlar ham chetda qolmadi. Ularga ham tuman hokimining tashakkurnomasi va esdalik sovg‘alari berildi.
Tadbirda tuman madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

LIVE: Fuqarolar qabuli – xalq bilan ochiq muloqot
362025-07-01 11:08

Faol yoshlar rag‘batlantirildi
502025-06-30 16:43

Qo‘shtepa tumanida navbatdagi press-tur va matbuot anjumani o‘tkazildi
492025-06-30 16:22

Qo‘shtepada “Yoshlar kuni” keng nishonlandi
1142025-06-28 18:50

MAKTAB BITIRUVCHILARIGA MEDAL, TAVSIYANOMA VA TASHAKKURNOMALAR TOPSHIRILDI
1252025-06-27 16:20